26 Dekabr 2022 yil 504

Sho‘rchi tumanidagi "Nurli maskan" maktab internatida Yangi yil bayrami nishonlandi

Har yili Yangi yil bayrami bolajonlar qalbiga o‘zgacha quvonch va shodlik ulashib kelishi untilmas onlardan biri bo‘lib qoladi. Ayniqsa o‘zgalar mehri va muhabbatiga muhtoj bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolajonlar bo‘lsa. Ular ushbu kunni umri davomida yodlaridan chiqarmasdan bir orziqish bilan eslab yurishadi.

Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli "Nurli maskan" maktab internatida yangi yil kirib kelishi munosabati bilan ushbu maskanda ta’lim va tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan bayram tadbiri davomida, maktab internati o‘quvchilariga Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yangi yil sovg‘alari ulashilib, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan uyushtirilgan konsert dasturlari bolajonlarga olam-olam quvonch baxshida etdi.

Text to speech