25 Noyabr 2021 yil 781

Sho'rchi tumanida, Surxondaryo viloyati IIB hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi

Ma'lumki, Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, har bir fuqaroning tinch va osuda hayot kechirishini ta'minlash, samarodorli xizmat olib borishida ichki ishlar organlarida yaratilgan moddiy-texnik bazasini yanada takomilashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ajratilgan avtotexnika, zamonaviy qurol aslaha hamda aloqa vositalari kundalik xizmat faoliyatimizda o'z samarasini ko'rsatmoqda.
Shulardan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 2021-2022 o'quv yili rejasi asosida qo'shinlarni jangovar shayligini oshirish amaliy va nazariy bilimlarini sinovdan o'tkazishda ularda ko'nikmalarni shakllantirish borasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas'ulari rahbarligida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining maxsus jangovar bo'linmalari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Janubi-G'arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo'mondonligi hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorlikda Sho'rchi tumani aholi yashash punktlari xavfsizligini ta'minlash rejasiga asosan maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
O'quv mashg'ulotni davomida:
Sho'rchi tumani IIB majlislar zalida, hamkorlikdagi tezkor-shtab rahbarligida yig'ilish o'tkazilib, yig'ilish qatnashchilariga maxsus-taktik o'quv mashg'ulotni o'tkazish tartibi, maqsadi, o'quv savollari bo'yicha tushuntirishlar berilib hamda belgilangan o'quv nuqtalariga malakali rahbarlar tayinlab, o'quv mashg'ulotini samarali o'tkazilishini ta'minlash to'g'risida ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, o'quv mashg'ulotini o'tkazish tartibi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi, Janubiy operativ qo'mondonligi, Surxondaryo viloyati favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmatlari hamda Sho'rchi tumani IIB boshlig'i va qolgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Yig'ilishdan so'ng, o'quv mashg'ulotga jalb etilgan barcha shaxsiy tarkib yig'ilib ularga mashg'ulot davomida tartib intizomga, shaxsiy va texnik xavfsizligiga rioya qilishlari, fuqarolar bilan hushmuomalada bo'lishlari va qo'yilgan vazifalarni sitqidildan bajarishlari to'g'risida yo'riqnoma berildi.
O'tkazilgan mashg'ulotlarni asosiy mavzusi Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani aholi yashash punktlari xavfsizligini ta'minlash" rejasiga asosan tezkor tadbirlar olib borish, "garovga olingan fuqarolarni ozod qilish va qurollangan jinoyatchilarni qo'lga olish" va "portlash xavfi bo'lgan predmetlarni zararsizlantirish bo'yicha hamkorlikdagi harakatlar" rejalariga muvofiq belgilandi.
Ushbu maxsus-taktik o'quv mashg'ulotlarni o'tkazishning asosiy maqsadlari Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta'minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda boshqa huquq-tartibot organlari va ularning jangovar bo'linmalari bilan hamkorlikni o'rnatish, doimiy ravishda axborot almashinuvini yanada mustahkamlash, bilim ko'nikmasi va tajribalarini yanada oshirish hamda har bir xodim va harbiy xizmatchilar tomonidan o'z xizmat vazifasini a'lo darajada bajarilishiga erishishligi ko'zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech