Sho‘rchi tumanida “Oqila ayollar” faoliyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda, Sho‘rchi tumani “Oqila ayollar” harakati raisi va uning faol a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-avgustdagi “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 437-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2023-yilgi ish rejasi ishlab chiqilib, harakat a’zolariga yetkazildi.
“Oqila ayollar” harakati a’zolarini tumandagi 53 ta mahallaga biriktirib, ish samaradorligini oshirish, mazkur jarayonda 2022-yil davomida salbiy ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahallalarga harakatning har bir a’zosi ishtirokida oilalardagi ajrim holatlari, notinch-noqobil oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish yuzasidan kelishib, ishni to‘g‘ri va sifatli tashkil qilish belgilab olindi.