25 Yanvar 2023 yil 365

Sho‘rchi tumanida 2022 yil davomida ichki ishlar xodimlari  tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov huzurida Sho‘rchi tumani IIB shaxsiy tarkibi tomonidan o‘tgan 2022 yilning 12 oyi davomida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar muhokama qilindi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib, xizmat davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar intizomiy jazoga tortildi.

shuningdek, ish faoliyati davomida yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan, xodimlar orasida xizmat intizomi va kasbiy faoliyati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari rahbariyat tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Yig‘ilish davomida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Iqboliddin Ketmonov tomonidan shaxsiy tarkib e’tiboriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech