9 Dekabr 2022 yil 331

Sho‘rchi tumani Tibbiyot kasb-hunar kollejida firibgarlikka qarshi kurashish masalasida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Hozirda jamiyatimizda ko‘p uchrayotgan va tendensiyasi ortib borayotgan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish maqsadida Tergov boshqarmasi va quyi bo‘linmalari tomonidan tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilib, hududlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Sho‘rchi tumani Tibbiyot kasb-hunar kollejida tashkil etilgan tadbirda bugungi kunda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar va usullari  muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov o‘z so‘zida viloyat hududida sodir etilayotgan mazkur turdagi jinoyatchilikni taxlil qilib, firibgarlik va axborot tizimidan shu jumladan, axborot texnologiyalardan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar yildan yilga oshir borayotganligini ta’kidlab, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini va ularga imkon yaratayotgan sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda fuqarolarni jabrlanuvchiga aylanish xavfini kamaytirish borasida tavsiyalar berib o‘tdi.

Text to speech