Sho‘rchi tumani IIBda ayblanuvchilarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi TB ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari o‘rganildi hamda protsess ishtirokchilari va ularning qarindoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, ish yurituvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan qo‘g‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, ayblanib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlangan ayblanuvchilar B.N., A.J., J.D., Sh.M. va S.B.larning ota-onasi va yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” extiyot chorasi tanlangan N.T.ning turmush o‘rtog‘i M.D. (ismli ayol) bilan suhbat o‘tkazilib, ularga jinoyat ishi yuzasidan tushuntirishlar berildi
Shuningdek, tergovchi va surishtiruvchilarga jinoyat ishi yuzasidan har bir protsess ishtirokchilari bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish, kasb etikasiga amal qilish haqida qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.