5 Mart 2021 yil 537

Shubhali mashina eshigi

Denov tumani bo'yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Jarqo'rg'on tumani "Qo'ldovli" mahallasida yashovchi B.X. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtoulov tumanning "totuvlik" mahallasi hududidan o'tuvchi yo'lda to'xtatilib, ko'zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning haydovchi eshigidan 6,80 gr "marixuana" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Qonunlarimizni mensimay, noqonuniy giyohvand moddani saqlayotgan B.X.ga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Endi ming pushaymonlikdan unga foyda bo'lmaydi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech