10 Noyabr 2021 yil 422

Shubha uyg'otgan shaxs yonidan giyohvand vositasi topildi

Termiz shahrida 2021 yil 20 oktabr kuni soat 18.30 larda, shaharning "Shodlik" mahallasi hududida, viloyat IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, mahalliy ichki ko'cha chekkasida to'xtab turgan, Matiz rusumli avtomashinasi haydovchi o'rindig'ida o'tirgan, Termiz shahrida yashovchi, D.Ramziddinning (ism sharif o'zgartirilgan) harakatlari shubhali ko'ringanligi sababli avtoulovdan tushirib, xolislar ishtirokida tekshirilganida, yonidan 1 dona tselofan bo'lakchasiga o'ralgan, 0,46 gramm "gashish" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 26 oktabr kuni D.Ramziddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech