23 Noyabr 2021 yil
859
Shubha uyg'otgan avtoulov, giyohfurushni fosh qildi
Denov tumanida 2021 yil 29 oktabr kuni soat 22:00 larda, tumanning "Mehnatobod" mahallasi hududida yo'l chetida turgan, Neksiya rusumli, davlat raqamsiz avtoulovi tuman IIB xodimlari tomonidan gumonlanib, tuman IIB binosiga olib kelinganida, avtoulov xaydovchisi, shu tumanda yashovchi, L.Sardorning (ism shariflar o'zgartirilgan) avtoulovi hamda so'mkasi xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, 6 dona gugurt qutilariga joylangan 37.03 gr "marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 4 noyabr kuni L.Sardorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati