Sho'rchida "xavfsiz tuman" kontsepsiyasi doirasida profilaktik tadbir boshlandi.
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev tomonidan ishchi guruh rahbari podpolkovnik F.Usarovga ichki ishlar vazirligi Hay'atining navbatdagi yig'ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida berilgan vazifalar Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining Sho'rchi tumani xududida aholi tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida "xavfsiz tuman" profilaktik tadbiri o'tkazilmoqda.
Bu borada tegishli farmoish ishlab chiqilib ushbu tadbirni samarali tashkil etish bo'yicha viloyat sektor rahbarlari hamkorligida "yo'l xarita"si imzolandi.
Tadbirga ichki ishlar, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda jamoatchilik vakillari jalb qilindi. Tadbirni sifatli o'tkazish maqsadida, jami 10 ta patrullik yo'nalishlar tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman hududida sodir etilayotgan bir qancha jinoyatlar fosh etildi, bir qancha huquqbuzarliklarning oldi olindi. Jumladan O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik kodeksining;
- 47-moddasi 1-qismiga asosan 1 ta;
- 54-moddasi 1-qismiga asosan 103 ta;
- 183-moddasi 1-qismiga asosan 5 ta;
- 185-moddasi prim 2-qismiga asosan 2 ta;
- 187-moddasi 1-qismiga asosan 17 ta;
- 188-moddasi prim 1-qismiga asosan 1 ta;
- 190-moddasi 1-qismiga asosan 1 ta;
-201-moddasi 1-qismiga asosan 1 ta
- 206-moddasiga asosan 2 ta; va boshqa turdagi 93 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, 223 nafar huquqbuzar shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi, 2 nafariga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sho'rchi tumani hududida o'tkazilayotgan profilaktik ishlar natijasida 2021 yilning 20-23 avgust kunlari birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo'l qo'yilmadi.