27 Sentyabr 2021 yil 417

Sho'rchida velosiped o'g'risi qo'lga olindi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 17 sentyabr kuni, tumanning "Bunyodkor" mahallasida yashovchi, S.Salim tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, uyidan 1 dona 1.000.000 (bir million) so'mlik "AIST" rusumli velosipedini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi, Sh.Umid moddiy boylik orttirish maqsadida, sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 18 sentyabr kuni Sh.Umidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech