3 Yanvar 2022 yil
407
Sho'rchida, telefon o'g'risi qo'lga olindi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 1 dekabr kuni soat 15:25 larda, Denov tumanida yashovchi, S.Sobir (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Sho'rchi tumani hududida joylashgan savdo do'konidan 5.000.000 (besh million) so'mlik "SAMSUNG A-52" rusumli qo'l telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Sho'rchi tumanida yashovchi, Ch.Chori sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 16 dekabr kuni Ch.Choriga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati