1 Mart 2022 yil 408

Sho'rchida, talonchilik qilgan shaxs qo'lga olindi

2022 yil 17 fevral kuni Sho'rchi tumanida yashovchi, M.Munira (ism shariflar o'zgartirilgan) viloyat IIB "102" ga qilgan murojaatida, shu kuni soat 20:50 larda, tumanning "Navro'z" mahallasi hududidagi Tibbiyot birlashmasiga qarashli "tug'uruq" bo'limi binosi hovlisida turganida, noma'lum shaxs yonida bo'lgan 55.000 (ellik besh ming) so'm pullari va 1 dona "Samsung J-2" rusumli uyali telefon apparatini olib qochib ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Denov tumanida yashovchi, K.Sarvar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 18 fevral kuni K.Sarvarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech