24 Avgust 2021 yil
426
Sho'rchida suv nasosini o'g'irlab ketgan shaxslar qo'lga olindi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 9 avgust kuni, tumanning "Laylakxona" mahallasida yashovchi, X.Sherali tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 9 avgust kuni soat 15.00 larda, hovlisida turgan 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik 1 dona suv nasosini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, X.Bahodir hamda Qumqo'rg'on tumanida yashovchi E.Jalollar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 11 avgust kuni E.Jalol va X.Bahodirlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati