19 Fevral 2022 yil 381

Sho'rchida qo'ylarni sotib olgan firibgar pullarni o'zlashtirib ketdi, natijada...

Sho'rchi tumanida 2022 yil 1 fevral kuni tumanning "Laylakxona" mahallasida yashovchi, N.Nodir hamda "Tamshush" mahallasida yashovchi, S.Sobirlar (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIB boshlig'iga ariza bilan murojaat qilishib, unda 2021 yil avgust oyida, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi, T.Karim, fuqaro N.Nodirdan 26.180.000 (yigirma olti million bir yuz sakson ming) so'mlik 20 bosh, S.Sobirdan 73.200.000 (yetmish uch million) so'mlik 24 bosh qo'ylarini olib, ularning pullarini 2 oy muddat ichida berishni va'da qilib, va'da qilingan ushbu pullarni bermasdan o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilishgan. 5 fevral kuni T.Karimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech