20 Avgust 2021 yil 535

Sho'rchida paxta tolani o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 3 avgust kuni, Jarqo'rg'on tumani "Minor" mahallasida yashovchi, E.Dilmurod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 avgust kuniga o'tar kechasi, tekstil omborxonasida saqlanayotgan 17.745.000 (o'n etti million etti yuz qirq besh ming) so'mlik jami 910 (to'qqiz yuz o'n) kilogramm paxta tolasini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, tumanning "Obodon" mahallasida yashovchi, Sh.Abbos sodir etganligi aniqlangan va unga nisbatan 7 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech