Sho'rchida o'g'ri qo'lga olindi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 28 avgust kuni soat 02.58 larda, Denov tumani, "nurli manzil" MFYda yashovchi, I.Farruh arizasida, 24 avgust kunidan 25 avgust kuniga o'tar kechasi, tumanning "Navro'z" mahallasi Mustaqillik ko'chasida joylashgan do'konidan 4.000.000 (to'rt million) so'mlik 2 dona "Artel" nomli televizori va 20.000.000 (yishirma million) so'mlik 18 dona har xil turdagi telefon apparatlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Denov tumanida yashovchi Sh.Behruz sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 28 avgust kuni Sh.Behruzga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati