1 Noyabr 2021 yil 373

Sho'rchida maktab hovlisida turgan velosiped o'g'risi aniqlandi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 10 oktabr kuni soat 13.45 larda, tumanning "Sovjironbobo" mahallasida yashovchi, D.E'zoza (ism shariflar o'zgartirilgan) viloyat IIBning "102" xizmatiga qilgan murojaatida, shu kuni o'g'li, maktab o'quvchisi, D.Karimning shu maktab hovlisida turgan, 1.000.000 (bir million) so'mlik "Leopard" rusumli velosipedini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, voyaga etmagan, X.Salim sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 14 oktabr kuni X.Salimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech