17 Sentyabr 2021 yil 415

Sho'rchida ikki bezoriga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 3 sentyabr kuni soat 19.00 larda, tumanning "Bobur" mahallasida joylashgan "dexqon bozori" oldida, tumanning "Zarbdor" mahallasida yashovchi, Yu.Xudoyberdi va mahalladoshi U.Boboyorlar, tumanning "Joyilma" mahallasida yashovchi, O.Safaralini o'zaro tortishishi oqibatida qo'li bilan urib tan jarohati etkazgan hamda Yu.Xudoyberdi va U.Boboyorlar 4 sentyabr kuni soat 11.00 larda, tumanning "Bobur" mahallasi hududida joylashgan qurilish mollari savdo do'koni oldida, tumanning "Joyilma" mahallasida yashovchi, A.Baxodir bilan ham o'zaro tortishishi oqibatida A.Baxodirni urgan.
Janjal nitajsida Yu.Xudoyberdi va U.Boboyorlar O.Safarali va A.Baxodirlarga "engil" tan jarohati etkazgan. 13 sentyabr kuni Yu.Xudoyberdi va U.Boboyorlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech