27 Oktyabr 2021 yil 470

Sho'rchida firibgar o'ziga tegishli bo'lmagan avtoulovni sotishini aytib pullarni o'zlashtirib ketdi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 13 oktabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 2020 yil 6 noyabr kuni tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi, S.Sobir tanishi tumanning "Tolli" mahallasida yashovchi, K.Karimga o'ziga tegishli bo'lmagan kobalt rusumli, avtomashinasini sotish huquqi bo'lmasada, ushbu avtomashinani o'ziga tegishli ekanligini aytib uni aldab, 79.000.000 (yetmish to'qqiz million) so'mga kelishib, tez kunlarda qonuniy rasmiylashtirib berishini va'da qilib, undan 4.100.000 (to'rt million bir yuz ming) so'm pullarini olib, ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 13 oktabr kuni S.Sobirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech