Sho'rchida boysunlik aka-ukalar bezorilik qilib, ayollarning sochini qaychiladi, ularga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 21 iyul kuni soat 16.00 larda, tumanning "Sovjironbobo" mahallasidagi Navro'z ko'chasida, Boysun tumani "Dashtig'oz" mahallasida yashovchi aka-ukalar, X.Botir va X.Toshmatlar, Denov tumani "S.Olloyor" mahallasida yashovchi, X.Farida hamda "minora" mahallasida yashovchi, B.Muhabbatlarni uchratib qolib, ularga "nima uchun singlimning tinch yashashiga to'sqinlik qilyapsan!"-deb, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ularni qo'llarida bo'lgan qaychi bilan sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib, qo'llari bilan urib, X.Farida va B.Muhabbatlarga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Bezorilik jinoyatini qasddan sodir qilgan aka-uka X.Botir va X.Toshmatlarga nisbatan 22 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati