5 Avgust 2021 yil 722

Sho'rchida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 25 iyul kuni soat 01.30 larda, Denov tumani "Qizilgul" mahallasida yashovchilar, K.Sherali va maktab o'quvchisi, u.Javohir, uzun tumanida yashovchilar, A.Islom, B.Jahongir va R.Ulug'beklar I.Abdumalik boshqaruvidagi Neksiya rusumli, avtoulovi bilan tumanning A.Navoiy mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, S.Sanjarning qo'lida telefon borligini ko'rib, uning yoniga to'xtab, R.Ulug'bek S.Sanjarga qo'l telefonidan telefon qilib olishligini aytib, undan telefonini olgan vaqti K.Sherali qo'li bilan S.Sanjarning jag'sohasiga urib, so'ng uning sheriklari ham S.Sanjarning turli joylariga urib tan jarohati etkazishib, unga tegishli bo'lgan "SUMSUNG S 7" rusumli qo'l telefonini olib, avtomashinaga o'tirib voqea joyidan yashirinishgan. S.Sanjarning olgan tan jarohati o'rtacha og'irlikdagi tan jarohati deb baholangan. 26 iyul kuni K.Sherali, U.Javohir, I.Abdumalik, B.Jahongir va R.Ulug'beklarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech