26 Avgust 2021 yil 567

Sho'rchida avtomashina olib berishni va'da qilgan shaxs pullarni olib o'zlashtirib ketdi

Sho'rchi tumanida 2021 yil 12 avgust kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Elbayon" mahallasida yashovchi, X.Hayitoy 2 avgust kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning "G'armaqo'rg'on" mahallasida yashovchi, Sh.Sodiq unga "tez kunlarda Damas rusumli avtomashina olib kelib berishni" va'da qilib, shu yil 29 aprel kuni X.Hayitoydan 76.000.000 (etmish olti million) so'm pullarini firibgarlik yo'li bilan olib, hozirgi kunga qadar avtomashina olib kelib bermasdan, ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 12 avgust kuni Sh.Sodiqga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech