Sho'rchida adirlikdagi sigir o'g'irlandi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 11 sentyabr kuni tumanning "Oqkamar" mahallasida yashovchi, M.Kamoliddin tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 10 sentyabr kunidan 11 sentyabr kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs, tumanning "Joyilma" mahallasi "Qorariq" adirlik massividagi dalada bog'lanib turgan, 6.000.000 (olti million) so'mlik 1 bosh sigirini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, A.Panji tomonidan o'g'irlik qilish orqali moddiy boylik orttirish maqsadida sodir etilgani aniqlanib, ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 14 sentyabr kuni A.Panjiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati