Sho'rchi tumanidagi "Tojimurod" chorvachilik fermer xo'jaligi rahbari Shukurov Bahodirning xo'jalik cho'ponlari R.Sharipov va R.Shukurovlarga etkazilgan tan jarohatlari uchun davlat organlari tomonidan chora ko'rilmayotganligidan norozi bo'lib, joriy yilning 18 may sanasi… Rasmiy munosabat:
Sho'rchi tuman IIBning tezkor xabarnomasiga ko'ra, tumandagi "Laylakxona" mahalla fuqarolar yig'ini hududida yashovchi fuqaro Mamatraimov Turdiali Xushmamatovich, tumandagi "Tojimurod" fermer xo'jaligi rahbari, ishchi va xizmatchilari bilan tumandagi "ozod" mahallasi hududida joylashgan "Bobotog'" adirlik massividagi fermer xo'jaligiga uzoq muddatli ijara shartnomasi bilan foydalanishga berilgan yaylov-er maydonlari ustidan muntazam tortishib kelgan.
T.X.Mamatraimov 2020 yil 4 aprel kuni soat taxminan 16:30 lar chamasida, tumandagi "ozod" mahallasi hududida joylashgan "Bobotog'" adirlik massividagi yaylov-er maydonida, o'ziga ilgaridan tanish bo'lgan Sariosiyo tumani "Lutfkor" mahallasida yashovchi fuqaro Shukurov Rustambek Raxmanovichga "Tojimurod" fermer xo'jaligiga qarashli yaylov uchastkasida xo'jalikning mayda shohli chorva mollarini boqib yurganida, janjallashib, unga jismoniy kuch ishlatib, qo'l va oyoqlari bilan urib tan jarohati etkazgan.
Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi uzun tuman filialining joriy yilning 20 apreldagi xulosasiga ko'ra, "sog'liqning buzilishiga sababchi bo'lgan "engil tan jarohat"lari ekanligi bayon qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy jazolarning liberallashtirilishi to'g'risidagi qonunning hayotga tatbiq etilishini ta'minlash, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida, yarashuv to'g'risida surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning qonuniy vakillariga yarashuv institutining mohiyatini, Jinoyat kodeksi 661-moddasida ko'zda tutilgan jinoiy javobgarlikdan ozod etish asoslarini tushuntirish bilan tomonlarni yarashtirish maqsadida, 4-sektor rahbari, tuman IIB, tuman hokimi o'rinbosari, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limining Nuroniy, keksalar va faxriylar bilan ishlash bo'yicha bo'lim o'rinbosari, tuman bosh Imom xatibi, mahalla raisi ishtirokida muhokama qilinib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan taraflarning o'zaro kelishuvga kelinmasdan, jabrlanuvchilarning da'vosidan kelib chiqib, Sho'rchi tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan joriy yilning 7 may sanasida Mamatraimov Turdialiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, "Tojimurod" va "Abdimurodov Xurram" chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarining o'zaro yaylov er maydonlari chegara hududlari bo'yicha nizolari yuzasidan tuman er resurslari va davlat kadastri, hamda boshqa nazorat idora mutaxassislari, yaylov er maydonlarining hududiy uchastka profilaktika noziri nazoratida, joyiga chiqib o'rganilgan va xo'jalik mas'ul xodimlariga chegara hududlari davlat kadastr er tuzilish kartasi orqali ko'rsatib tushuntirilgan.
Shuningdek, ushbu tushuntirish va hududlarning belgilab ko'rsatilganligidan norozi bo'lganlarida, er maydonining chegara hududlarini haqqoniyligini o'rganib berish yoki davlat idora mas'ul xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish huquqlari tushuntirib kelingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati