12 Aprel 2022 yil
436
Sho‘rchi tumanida sigir o‘g‘irligi “issiq izi”da fosh etildi
Sho‘rchi tumanida 2022 yil 28 mart kuni tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, K.Rashid (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 27 mart kuni soat 23:00 da, molxonasidan 4.000.000 (to‘rt million) so‘mlik bir bosh sigirini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni, shu tumanda yashovchilar, S.Sodiq va B.Baxromlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 29 mart kuni S.Sodiq va B.Baxromlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati