Sho'rchi tumanida profilaktika inspektorlariga kompyuter jamlanmalari topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Sho'rchi tuman hududida profilaktika inspektorlari ish faoliyatlari hamda ularni moddiy texnik sharoitlarini yanada yaxshilash borasida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 22 may kuni Sho'rchi tuman xokimligi tomonidan kompyuter jamlanmalari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktika bosh boshqarmasi boshlig'ining 1-o'rinbosari podpolkovnik D.Azizov, Sho'rchi tuman IIB boshlig'i o'rinbosarlari ishtirokida tantanali ravishda profilaktika inspektorlariga topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati