Sho'rchi tumanida o'g'irlik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qo'lga olindi
Sho'rchi tumanida 2021 yil 16 sentabr kuni, tumanning "Kakan" mahallasida yashovchi, B.Botir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 sentyabr kuni soat 20.00 larda, yashash uyi oldida turgan Damas rusumli, avtoulovi ichidan 24 000 000 (yigirma to'rt million) so'm pulini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchilar, Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komillar o'g'irlik yo'li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 21 sentabr kuni Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komillarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati