7 Mart 2022 yil 212

Sho‘rchi tumani Jarqishloq mahallasi hududidagi 173-uyda joylashgan 125-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Jarqishloq mahallasi hududidagi 173-uyda joylashgan, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida, tarbiyachilar-u, tarbiyalanuvchilarning har kungidan bugun ko‘ngillari shod. Buning boisi esa boshqa dargohlarda bo‘lgani kabi, ushbu ta’lim dargohida o‘zgacha shukuh bilan bayram tadorigi ko‘rilgan.
Joriy yilning 7 mart kuni, Sho‘rchi tumani ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar maktab internatida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB tashabusi bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tantanasida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, bayram qatnashchilarini samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, 376 nafar o‘qituvchi va tarbiyachilar, 169 nafar o‘quvchi qizlarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda homiylar tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari ulashildi.
Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan ko‘ngilochar konsert dasturi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, ko‘ngillarini shod etdi.
Tadbir davomida, o‘quvchilarning yotoqxonasiga yangidan yotoq jihozlari tortiq qilindi. Bayram tadbiri yakunida esa 500 nafar internat tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilariga fayzli dasturxon yozilib osh tortildi.
Ma’lumot o‘rnida; ushbu Sho‘rchi tumanidagi Viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘qish muddati 12 yil bo‘lib, 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar qabul qilinadi. Hozirgi kunda, ushbu ta’lim dargohida, tarbiyalanayotgan 336 nafar o‘g‘il-qizlardan yotib o‘qiydigan o‘quvchilar 226 nafarni tashkil etadi. Mazkur, maktab- internatning chiqish darvozasi oldidagi “Ozod-Sho‘rchi” 4R-101B avtomabil yo‘lining 3 km ga ovozli svetafor o‘rnatilib internat tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilarining yo‘lni kesib o‘tishlari uchun qulayliklar yaratildi. Bundan ta’lim drgohi tarbiyalanuvchilari hamda tarbiyachilari tashkilotchilardan mamnunligini izhor etishib, minaddorchilik bildirishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech