15 Aprel 2022 yil 476

Sho‘rchi tumani IIB xodimlari muzeyda

Sho‘rchi tumanidagi qadimiy tepalik hisoblanmish Dalvarzintepa Kushonlar davri madaniyati saqlanib qolgan noyob yodgorlik sifatida jahonga tanilgan. Dalvarzintepani dunyoga tanitishda yaponiyalik taniqli qadimshunos olim Kyudzo Katoning ham alohida xizmati bor. Ko‘p yillar bu yerda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan hassos arxeolog Kushon podsholigi davriga oid ko‘plab asori-atiqalarni topib, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi. Buyuk o‘tmishimizning nafis qirralarini, jahonga keng tarannum etish va avlodlarga yetkazishga munosib hissa qo‘shdi.

Hozirda tumanning 43-yapon va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga Kato Kyudzoning nomi berilgan bo‘lib, u yerda arxeologning noyob topilmalaridan iborat muzey tashkil etilgan. Bugun Dalvarzintepaga tashrif buyurgan sayyoh albatta, ushbu muzeyni ko‘rmasdan ketmaydi.

"Ma’naviyat va ma’rifat oyligi" doirasida Sho‘rchi tumani IIB shaxsiy tarkibi xizmatchilari ham ishdan ortib, vaqt topib, mazkur muzeyga sayohat uyushtirishdi. Ular muzeydagi topilmalarning tarixi, umuman, Kushonlar davri tariximizda qanday iz qoldirgani haqidagi qimmatli ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech