16 Iyul 2022 yil 398

Shimoliy mintaqaviy hududda “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-mart kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i, ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud  ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida Sariosiyo tumani markazida joylashgan   “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini  o‘tkazildi.

Unda Shimoliy mintaqaviy hudud tarkibiga kiruvchi Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi, Oltinsoy, Sho‘rchi, Uzun hamda Sariosiyo tuman Ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibidan tuzilgan jami 5 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar o‘rtasida kechgan bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni, Sariosiyo tumani jamoasi, faxrli 2-o‘rinni Denov tumani” jamoasi hamda 1-o‘rinni Uzun tumani jamoasi  qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud boshlig‘ining diplom, badiiy kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobilyati shuningdek hozirjavobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birga xodimlarning o‘z bilimlari ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini hamda ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech