18 Sentyabr 2021 yil
430
Shifoxonadagi bemorning pulini o'margan shaxs aniqlandi
Muzrabot tumanida 2021 yil 8 sentyabr kuni, tumanning "yangi hayot" mahallasida yashovchi, M.O'g'ilshod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni tuman Markaziy shifoxonasining "terapiya" bo'limida davolanayotgan onasi, shu manzilda yashovchi, M.Roilaning so'mkasida bo'lgan 390.000 (uch yuz to'qson ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, T.Sayyora sodir etganligi aniqlanganib, unga nsbatan 12 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati