6 Dekabr 2022 yil
311
Sherobodlik qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil iyul oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Sherobod tumanida yashovchi, J.Doston (ism shariflar o‘zgartirilgan) 20 noyabr kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan Denov tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati