5 Iyun 2022 yil 574

Sherobodda jinoyatchilik keng muhokama etildi

Sherobod tumanining “Katta hayot”, “Bahor”, “Quluqsho” hamda “Cho‘yinchi” mahallalarida 3-sektor rahbari O‘.Shukurov, Jinoyat ishlari buyicha Sherobod tuman sudi raisi O.Tog‘ayev, tegishli mas’ullar hamda mahalla fuqarolari ishtirokida jinoyat muhokamalari o‘tkazildi.
Muhokamalar jarayonida sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘yicha tushuntirish berib o‘tildi. Shu bilan birga ayrim fuqarolar tomonidan sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabab va oqibatlari jamoatchilik oldida keng muhokama etildi.
Tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlar soni oshib ketishiga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi va ularning oldini olish bo‘yicha yig‘ilganlar, mahalla faollari ham o‘z taklif va mulohazalarini bayon etishdi. Kelgusida shu kabi salbiy holatlarga yo‘l ko‘ymaslik uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech