10 Mart 2022 yil
445
Sherobodda “Zakovat” intellektual o‘yinining g‘oliblari aniqlandi
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli hamda 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Yoshlar markazi binosida sektor rahbari kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i I.Ismanov, Probatsiya bo‘lim boshlig‘i Sh.Sattarov, 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov va Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari shuningdek 12 ta mahalladan 100 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar qatnashdi.
Intellektual o‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Nurtepa mahallasi jamoasi, 2-o‘rinni Kattabog‘ mahallasi yoshlari hamda 3-o‘rinni esa Cho‘yinchi mahallasi jamoalari egalladilar. G‘olib bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti va esdalik sovg‘alar topshirildi.