4 Fevral 2022 yil 475

Sherobodda yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Sherobod tumani 3-sektor hududi "Sherobod" mahallasida 86-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu ta'lim tashkilotining ochilish marosimida Respublikadan tumanga biriktirilgan vakil "Xalq sug'urta" MCHJ MS "Markaziy" filiali direktori A.Qodirov, 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov, tuman hokimining o'rinbosari R.Xolmirzaeva, tuman Kengashi deputati N.Saidova hamda mahalla nuroniylari va oqsoqollari ishtirok etishdi. Mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 25 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy talablar asosida jihozlanib, tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotida 2 nafar fuqaro doimiy ish o'rni bilan ta'minlandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech