7 Avgust 2021 yil 696

Sherobodda vaktsinasiya targ'iboti

Kuni kecha Sherobod tumani hokimligi, Milliy gvardiya qo'riqlash bo'limi, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo'limlari, tibbiyot birlashmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan, hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, aholini vaksina olishga undash borasida targ'ibot ishlari olib borildi.
Ko'cha va bozorlarda, mahallalarda dizenfeksiya ishlari amalga oshirildi. Uyma-uy yurish asnosida aholini hududlarda tashkil etilgan emlash punktlarida ommaviy emlashga jalb etildi. Fuqarolar ogohlikka chaqirilib, karantin qoidalariga rioya etishlari tushuntirildi. Mazkur tadbirlarga Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasining Qiziriq, Angor, Termiz, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahar bo'limlari xodimlari ham jalb etildi. Karantin qoidalarini qo'pol ravishda buzgan, tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma'muriy javobgarlik qo'llanildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech