28 Dekabr 2021 yil 498

Sherobodda, "uy olib beraman!"-deb, pullarni o'zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Sherobod tumanida 2021 yil 24 noyabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Galaguzar" mahallasida yashovchi, R.Rustam (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil 19 oktabr kuni, tumanning "Ho'jgi" maxallasida yashovchi, D.Dildora uning ishonchiga kirib, "uy olib beraman!"-deb, 72.314.000 (yetmish ikki million uch yuz o'n to'rt ming) so'm pullarini o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 14 dekabr kuni D.Dildoraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech