Sherobodda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son Qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan 27 aprel kuni Sherobod tuman hokimligida tuman hokimi Z.Xalilov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov ishtirokida Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirok etishib, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tanqidiy tahlil asosida muhokama qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.