21 Avgust 2021 yil 471

Sherobodda suv nasosini o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Sherobod tumanida 2021 yil 3 avgust kuni tumanning "Chag'atoy" mahallasida yashovchi A.O'rol va q.Ismoillar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 1 avgust kunidan 2 avgust kuniga o'tar kechasi, yashash uyi yonidagi kanalda turgan suv nasoslarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini mahalladoshi, M.Maqsud sodir etganligi aniqlangan va unga nisbatan 8 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech