9 Dekabr 2022 yil 359

Sherobodda savdo do‘konini o‘margan ayol qo‘lga olindi

Sherobod tumanida 2022 yil 2 dekabr kuni, shu tumanda yashovchi B.Sodir (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 11 noyabr kuni, “Dehqon” bozorda joylashgan savdo do‘konidan “Vivo-21Y” rusumli, telefon apparati va g‘ilofi ichida bo‘lgan 300 (uch yuz) AQSh dollari, haydovchilik guvohnomalarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni, shu tumanda yashovchi, S.Karomat sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 2 dekabr kuni S.Karomatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech