19 May 2021 yil 604

Sherobodda rus tili bo'yicha fan olimpiadasi o'tkazildi.

Muhtaram, Prezidentimiz raisligida 6 may kuni chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan video-selektor yig'ilishi o'tkazilgan edi. Ushbu video-selektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Sherobod tumanining "taroqli" mahallasida joylashgan "Sherobod Akademiya" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "Moskovskaya akademiya" o'quv markazi tomonidan noan'anaviy tarzida rus tili bo'yicha fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.
Unda tuman 3-sektor rahbari, ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov, o'quv markazi rahbari I.Amirqulov hamda sohaga oid mas'ullar ishtirok etishib, fan olimpiadasida qatnashuvchi 2 ta guruh ya'ni 4-7 sinf, 8-11 sinf o'quvchi yoshlariga omadlar tiladi.
Tashkil etilgan Olimpiada uch bosqichda 1-test, 2-rasmlardan gap tuzish, 3-savdo majmualariga kirib so'zlashish bo'yicha o'tkazildi. G'oliblikni qo'lga kiritgan fan Olimpiada ishtirokchilariga 1-o'ringa 500 ming so'm, 2-o'rin 300 ming so'm, 3-o'ringa esa 100 ming so'm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech