Sherobodda qasddan badanga og'ir shikast etkazish jinoyati muhokama qilindi
Sherobod tumanida 2021 yil 24 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, 23 iyun kuni soat 23.00 da, tumanning "Poshxurt" mahallasida yashovchi, ishsiz, 1995 yilda tug'ilgan A.Norpo'lat, shu mahallada joylashgan, 1981 yilda tug'ilgan M.Begaliga tegishli bo'lgan muzqaymoq mahsuloti sotish do'koniga borib, mahalladoshi, shu do'konda ishlovchi, 2000 yilda tug'ilgan Ch.Shaxnoza bilan o'zaro tortishuvi natijasida janjallashib qolib, Ch.Shaxnoza shu erda bo'lgan oshxona pichog'i bilan A.Norpo'latning qorin sohasiga bir marotaba sanchib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohatini etkazadi. 24 iyun kuni Ch.Shaxnozaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Sherobod tumani 4 sektor hududida sodir etilgan mazkur jinoyat sektor rahbari Sh.Jumaev, tuman IIB boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov, mahalla Imom xatibi, mahalla fuqarolar yig'ini raisi, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur jinoyat muhokama qilinib, jinoyatning kelib chiqish sabab va omillari o'rganildi. Jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar etarli darajada olib borilmayotganligi tanqid qilinib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish borasida qator vazifalar belgilab olindi.