1 Avgust 2023 yil 300

Sherobodda probatsiya hisobida turgan shaxslarning muammolari tinglandi

Kuni kecha Sherobod tumani IIB binosida Sherobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha viloyatdan biriktirilgan vakil U.Alimov, tuman prokurori B.Yunusov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurovlar ishtirokida probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning muammolari tinglandi.

Uchrashuv davomida 5 nafar nazoratda turgan shaxslar tomonidan kredit olish istagini bildirib, murojaat qilishdi. Mas’ullar tomonidan ushbu murojaat nazoratga olinib, tegishli tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, 2023 yil 6 oy davomida jinoyatchilik bo‘yicha “qizil toifa”ga kiritilgan "Kattahayot" mahallasi beshligi tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy-tahlil asosida muhokama qilinib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida olib borayotgan ishlari sust darajada ekanligi tanqid qilinib, ularning barchasi qattiq ogohlantirildi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad nazoratda turgan shaxslarni qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy hayotga moslashtirishdan iboratdir.

Text to speech