Sherobodda paynet do'konidan telefon o'g'irlandi
Sherobod tumanida 2021 yil 20 iyul kuni tumanning "katta hayot" mahallasida yashovchi, K.Mastura tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 10 iyul kuni, o'zi ishlaydigan mahallasi hududida joylashgan "paynet" do'konidan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "SAMSUNG-J2" markali uyali telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "Boybuloq" mahallasida yashovchi, M.Shoberdi sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 25 iyul kuni M.Shoberdiga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati