30 Avgust 2021 yil 630

Sherobodda o'zaro janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi

Sherobod tumanida 2021 yil 27 avgust kuni soat 22.00 larda, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi, K.To'ra mahalladoshi, o.Soatmurod bilan o'zaro tortishishi oqibatida janjallashib qolishadi.
Janjal vaqtida, K.To'ra qo'lida bo'lgan oshxona pichog'i bilan o.Sostmurodning biqin sohasiga bir marotaba sanchib olib, "hayoti uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 28 avgust kuni K.To'raga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech