24 Iyul 2021 yil 444

Sherobodda o'g'irlangan qora mol daliliy ashyo sifatida olindi

Sherobod tumanida 2021 yil 9 iyul kuni, tumanning "Sherobod" mahallasida yashovchi, G'.Abdurazzoq tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 iyul kuni soat 11.00 larda, tumanning "Sherobod" mahallasida joylashgan fermer xo'jaligi dalasida boqib kelayotgan, 3.000.000 (uch million) so'mlik 1 bosh qora molini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchilar T.Odil hamda T.Yunuslar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 19 iyul kuni T.Odil va T.Yunuslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech