13 Oktyabr 2022 yil 336

Sherobodda giyohvand vositalarni parvarishlab, saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Sherobod tumanida 2022 yil 4 oktabr kuni tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining ma’lumotiga asosan, Sherobod tumanida yashovchi, N.Sarvarning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, hovlisidan 2 tup “kannabis” nasha o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan, bundan tashqari qurilishi tugallanmagan yashash uyi xonasidan 1 tup “kannabis” nasha o‘simligi va yashash uyi ichidagi javon ichidan  sof vazni 4,74 gramm bo‘lgan “Marixuna” giyohvandlik moddlari borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 5 oktabr kuni N.Sarvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech