11 May 2022 yil 425

Sherobodda, giyohfurushga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sherobod tumanida 2022 yil 30 aprel kuni tuman IIB huzkridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, tumanning “Mehrabod” mahallasida yashovchi, K.Shoberdi (ism shariflar o‘zgartirilgan) tanishi Jobirdan 2022 yil yanvar oyida, 1,30 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 130.000 (bir yuz o‘ttiz ming) so‘mdan sotib olib, ushbu giyohvandlik moddalarini odamlarga sotib o‘tkazganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech