13 Iyun 2022 yil
511
Sherobodda yoshlar festivaliga start berildi
Sherobod tumanidagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali velomarafon bilan boshlandi. Tuman hokimligi, IIB, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan velomarafonda yoshlar bilan birga faol xotin-qizlar ham ishtirok etishdi.
Natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida “Chuqurko‘l” mahallasi vakili, qizlar o‘rtasida esa “Chag‘atoy” mahallasi vakili g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Natijalarga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida “Chuqurko‘l” mahallasi vakili, qizlar o‘rtasida esa “Chag‘atoy” mahallasi vakili g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati